«Nasaf» – ketma-ket uchinchi marta O‘zbekiston kubogi sohibi
O‘zbekiston kubogi finalida «Nasaf» bahsli penaltidan kiritilgan gol evaziga OKMKni mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi.
Qarshida o‘tgan finalda Ro‘ziqul Berdiyev va Mirjalol Qosimov shogirdlari o‘rtasidagi bahsda tengkurash kuzatildi. Uchrashuvning 71-daqiqasida bosh hakam Aziz Asimov tomonidan belgilangan bahsli penalti uchrashuv taqdirini hal qildi. Javohir Siddiqovning 11 metrlik nuqtadan kiritgan goli mezbonlarga muhim g‘alabani keltirdi – 1:0.
Shu tariqa, «Nasaf» muxlislari qarshisida o‘tgan finalda ketma-ket uchinchi marta O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Klub so‘nggi yillarda Samarqand va Buxorodagi finalda ham kubokni boshi uzra ko‘targandi.
O‘zbekiston kubogi. Final
«Nasaf» - OKMK – 1:0
Bosh hakam: Aziz Asimov.
VAR: Ilgiz Tantashev.
AVAR: Aleksandr Sidorov.
Gol: Javohir Siddiqov, penaltidan 71.
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 9. Javohir Siddiqov (70. Jambuli Jigauri, 80), 17. Suhrob Nurulloyev (99. Azizbek Amonov, 60), 19. Mateus Lima Kruz, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (18. Bahrom Abdurahimov, 60).
OKMK: 1. Botirali Ergashev, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (39.Aslbek Umirzoqov, 87), 7. Dilshod Ahmadaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov (19.Muhammadanas Hasanov, 80), 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov (88.Siavash Xaqnazariy, 80), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 27. Martin Boake, 29. Vitaliy Denisov (24.Murat Ermatov, 87).
Mavzuga oid
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
17:00 / 02.11.2024