Surxondaryoda o‘zgalar nomiga 132 mln so‘m kredit olgan hokim yordamchisi aniqlandi
U lavozimidan ayrildi, jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, «To‘da» mahallasidagi hokim yordamchisi tadbirkorlik faoliyati doirasida o‘zgalar nomiga kredit rasmiylashtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullangan va o‘zi ta’sis qilgan «Volunteer team» korxonasida bir qancha fuqarolarni aldab, elektron imzolarini qo‘lga kiritib, nomiga issiqxona faoliyati tashkil etish uchun 4 marotaba 33 mln so‘mdan, jami 132 mln so‘m kredit ajratilishiga erishgan. So‘ngra pullarni o‘zi rahbarlik qilayotgan jamiyat hisobiga tushirib, ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi, «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd qilinishicha, u 31 oktyabr kuni hokim yordamchisi lavozimidan ozod qilingan.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024