Jahon | 21:49 / 20.11.2023
10114
1 daqiqa o‘qiladi

Napoleonning shlyapasi auksionda 2,1 mln dollarga sotildi

Foto: AP / Christophe Ena

Fransiya imperatori Napoleon I Bonapart kiygan shlyapa Fransiyadagi Osenat auksionida 1 mln 932 ming yevroga (2,11 mln dollar) sotildi. Auksion tashkilotchilariga ko‘ra, bu – Napoleon I ning shlyapalari uchun rekord narx.

Bosh kiyim 600-800 ming yevro boshlang‘ich narxda sotuvga chiqarilgan. Bungacha u fransuz sanoatchisi Jan Lui Nuazening kolleksiyasiga kirardi. Xaridor kimligi ochiqlanmayapti. G‘olib tomonidan berilgan 1 932 ming yevro taklifdan oldingi narx 1 884 ming yevro bo‘lgan.

Auksion tashkilotchisining vakiliga ko‘ra, qora rangdagi, o‘ziga xos shaklga ega shlyapa Napoleonning o‘ziga xos belgisi bo‘lgan: u butun umri davomida bunday shlyapalardan qariyb 120 tasini kiygan.

Mavzuga oid