Jahon | 13:44 / 24.11.2023
4654
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Kudrin va Chubaysga qarshi sanksiyalar kiritdi

Zelenskiy Rossiya yuridik va jismoniy shaxslariga sanksiyalarni kengaytirib, Chubays va Kudringa nisbatan ularni joriy etish haqida ko‘rsatma berdi.

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z farmonlari bilan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya va boshqa davlatlardan 147 nafar jismoniy va 303 ta yuridik shaxsga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi, deya xabar beradi prezident sayti payshanba, 23 noyabr kuni.

"Rosnano" sobiq rahbari va Rossiya prezidentining sobiq maxsus vakili Anatoliy Chubays, Hisob palatasining sobiq rahbari Aleksey Kudrin va sobiq bosh prokuror Yuriy Chaykaning o‘g‘illari Artem va Igorga qarshi sanksiyalar 10 yil muddatga joriy etildi. Sanksiyalar, shuningdek, Qurolli kuchlar Bosh shtabining Bosh operatsion boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy, TASS agentligi bosh direktori Andrey Kondrashov va boshqa Rossiya rasmiylari, top-menejyerlar va harbiy xizmatchilarni ham o‘z ichiga olgan.

Sanksiyalar nafaqat Rossiyada, balki Kipr, Xitoy, BAA, Belarus va boshqa mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan qurilish va energetika kompaniyalariga nisbatan qo‘llangan. Cheklovlar orasida "MegaFon", "Mosenergo", "Moskomsvyaz", "Faberlik", "Babayevskiy" va "Rot-Front" konsernlari, "Krasnyy Oktabr" fabrikasi qoldi. Davlat muassasalari orasida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Don qutqaruv markazi ro‘yxatga kiritilgan. Ukraina sanksiyalari aktivlarni bloklash va savdo operatsiyalarini cheklashni o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid