O‘zbekiston | 17:27 / 30.11.2023
72369
1 daqiqa o‘qiladi

Shahar bedarvoza emas: Toshkentda «ko‘cha bollari»ga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

So‘nggi hafta davomida Toshkentda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida jinoyat olamining o‘nlab vakillariga nisbatan reydlar o‘tkazilgan. Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, unda o‘zini «ko‘cha bollari» sifatida namoyon qilishga uringan yigitlar qo‘lga olingan. 

Illyustrativ foto

26 noyabr kuni Toshkentdagi «Humo» arenada qozog‘istonlik reper Jah Khalib'ning konsertida tartibsizliklar yuz berdi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, tartibsizliklarda Milliy gvardiya xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng, 27 noyabr kuni «ko‘cha bollari»ga nisbatan reydlar boshlangan.

Kun.uz manbalariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Ichki ishlar vazirligining vaqtincha saqlash hibsxonalarida qolmoqda. Ularning harakatlariga tergov yakunlariga ko‘ra baho beriladi.

Bundan oldinroq Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Atamurad Ahmedov ishdan olinib, uning o‘rniga Mirzaakbar Madumarov tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid