O‘zbekiston | 19:17 / 01.12.2023
20684
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida 7 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Shuningdek, 14 ta holatda qarindosh-urug‘chilik holatlari aniqlangan. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 5 ta holatda 7 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda vazirlik yetakchi mutaxassis Oybek Samadov ma’lumot berdi. 

Xabarda jinoyat ishi qaysi moddalar asosida qo‘zg‘atilgani va ushbu xodimlarning ismi-sharifi, lavozimiga aniqlik kiritilmagan. 

Qayd qilinishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlaridan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida 3699 ta deklaratsiya olingan. Ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asosan 14 ta holatda qarindosh-urug‘chilik holatlari aniqlangan. Shuningdek, vazirlikning hududiy tuzilmalarida joriy yilning uchinchi choragiga asosan 7 ta salbiy holat sodir etilgan. 

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligida «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ma’lumot berildi. Unda ta’kidlanishicha, davlat xaridlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik — qonun va sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi holatlariga oid ma’lumotlarni ochiq axborot manbalarida e’lon qilib borish amaliy ahamiyatga ega. 

Mavzuga oid