«Deyarli barcha loyihalar vayron bo‘ldi» – Dubaydagi sammitda G‘azoning gumanitar va ekologik muammolari ham aytildi
BMTning iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan sammitida, garchi siyosiy masalalardan uzoq turish haqida og‘zaki kelishuv bo‘lganiga qaramay bir qancha xalqaro yetakchilar Isroilning G‘azodagi bombalashini tanqid qilib chiqdi.
Xususan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va JAR prezidenti Siril Ramafosa o‘z chiqishlarida Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblagan.
«Janubiy Afrika G‘azoda sodir bo‘layotgan shafqatsiz fojiadan dahshatga tushdi. Falastinning begunoh xalqiga qarshi urush – urush jinoyati bo‘lib, hoziroq to‘xtatilishi kerak», – degan Ramafosa.
«Iqlim muammolari haqida gapirar ekanmiz, biz Falastin yerlarida yuz berayotgan gumanitar inqirozni eslamasdan o‘tib ketolmaymiz. Asosiy qismi ayollar va bollar bo‘lgan 16 mingdan ortiq tinch aholini o‘ldirishini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi», – degan Erdo‘g‘an.
Shuningdek, Turkiya yetakchisi muammoning yagona yechimi 1967 yilgi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlati tuzilishi ekanini ta’kidladi va bu borada Turkiya yordamga tayyorligini aytdi.
«Shu sababli yana aytaman – «Dunyo beshtalikdan ko‘proq» (Xavfsizlik kengashining 5 ta doimiy a’zolari haqida – tahr.) va yanada adolatliroq bo‘lishi mumkin», – degan u.
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Isroil-Hamas urushi katta azob va kuchli his-tuyg‘ularga sabab bo‘layotgani, sulhdan so‘ng yana G‘azoda bombalar ovozi eshitila boshlaganini afsus bilan qayd etgan.
Tadbirdagi G‘azo bombardirovkasining tanqid qilishlaridan so‘ng Isroil prezidenti Isaak Gersog juma kuni rejalashtirilgan nutqini bekor qilgan va chiqish qilmagan.
G‘azoning ekologik muammolari
«Biz mutaxassislarimiz bilan barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishimiz kerak edi. Lekin, G‘azodagi ko‘plab texnik xodimlarimiz bilan aloqa uzilib qoldi», – degan tadbirda qatnashayotgan Falastin ma’muriyatining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha eksperti Hadil Ihmais.
G‘azo sektori va umuman Falastindagi eng muhim ekologik muammolardan biri aholida toza ichimlik suviga imkoniyat yo‘qligi yoki juda kamligi. Bu nafaqat salomatlikka balki, qishloq xo‘jaligi va iqtisodga ham salbiy ta’sir qilmoqda.
«7 oktyabrdan keyin yuzaga kelgan falokatning ko‘lamini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Deyarli barcha tuzilmalar vayron bo‘ldi. Biz yillar davomida strategik iqlim harakati orqali erishganlarimiz, shu jumladan xalqaro tashkilotlar moliyalashtirilgan sug‘orish loyihalari, suv nasoslari, tuzni tozalash va kanalizatsiya tizimi va GCF (Yashil iqlim jamg‘armasi) tomonidan moliyalashtirilgan boshqa loyihalar vayron qilindi», – degan Ihmais.
Mutaxassisga ko‘ra, Isroil va Hamas o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining bekor qilinishi G‘azodagi vaziyatni yanada yomonlashtiradi.
«Dubayda davom etayotgan COP28 tadbiri ochilganidan buyon ko‘plab tashkilotlar vakillari urushni zudlik bilan va butunlay to‘xtatish haqidagi chaqiruvimizni qo‘llab-quvvatlaganliklarini aytish uchun bizning pavilonimizga kelishdi. Biz ularning Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik namoyishini yuqori baholaymiz», – dedi Ihmais.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
13:02 / 02.12.2024
UNRWA G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatdi
22:46 / 28.11.2024