«Munis» to‘lov tizimi faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
Buning natijasida to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni to‘xtab qolgan va uzun navbatlar yuzaga kelgan.
«Munis» to‘lov tizimi faoliyatida jiddiy uzilishlar yuzaga kelgan. Bu haqda Asakabank, Turonbank va Trastbankdagi manbalariga tayanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi. Buning natijasida to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni to‘xtab qolgan va uzun navbatlar yuzaga kelgan.
Ma’lumot uchun, «Munis» Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi hisoblanib, barcha kommunal tashkilotlar, Moliya vazirligi G‘aznachiligiga to‘lanadigan budjet to‘lovlari, soliq hamda bojxona to‘lovlari, notarial va FHDYo to‘lovlari, Ichki ishlar vazirligiga to‘lanadigan jarima to‘lovlari, Davlat xizmatlari agentligi xizmatlari to‘lovlari, UzAuto Motors avtomashinalari uchun to‘lovlar, kadastr xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek, mobil aloqa, internet-provayderlar va ko‘plab boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
14:41 / 11.12.2024