Namanganda ham reydlar: 13 ta qurol, minglab psixotrop va giyohvandlik moddalari topildi
Namangan viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar o‘tkazgan tezkor-profilaktik tadbirlarda tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxs ushlangan.
Namangan viloyati hududida ham jinoyatchilikka chek qo‘yish, huquqbuzarliklarning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida ichki ishlar organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 ta holatda ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 7 ta holatda 4.615 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o‘tkazish holatlari, 13 dona noqonuniy qurol hamda 190 dona o‘q-dorilarni saqlash holatlari, 61.000 donadan oshiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.
Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxslar ushlangan.
Bundan tashqari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Viloyat IIB aholidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etishni va xavotirga berilmaslikni so‘radi.
So‘nggi vaqtda faollashib qolgani aytilayotgan jinoiy guruhlarga nisbatan reydlar bo‘lmoqda. Xususan, oxirgi bir necha kun ichida O‘zbekistonda jinoyat olamining o‘nlab vakillari qo‘lga olinib, ular ustidan tergov harakatlari boshlandi.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024