Eron Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan tovon puli talab qildi
Mamlakat sudi Qo‘shma Shtatlar va bir qancha jismoniy va yuridik shaxslarni qariyb 50 milliard dollar to‘lashi lozimligi haqida qaror chiqardi.
Eron sudi mamlakat armiyasi maxsus kuchlari qo‘mondoni, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun AQShdan tovon puli undirilishi haqida qaror chiqardi.
«Qo‘shma Shtatlar va yana 41 nafar jismoniy va yuridik shaxs general Qosim Sulaymoniy o‘limi bilan bog‘liq jinoyatlar tufayli 49 milliard 770 million dollar to‘lashga majbur bo‘ldi», deb sud qaroridan iqtibos keltirdi IRNA.
AQSh rasmiylarining bu da’voga munosabati hozircha ma’lum emas.
Eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq shia militsiyasi rahbari o‘rinbosari Abu Mahdiy al-Muhandis 2020 yil 3 yanvarga o‘tar kechasi AQSh tomonidan Bag‘dod aeroporti hududida uyushtirilgan operatsiya oqibatida halok bo‘ldi. Vashington ularni 2019 yil 31 dekabr kuni Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga hujum uyushtirishga aloqador deb hisoblagan. Bunga javoban Eron Amerikaning Iroqdagi bazalariga qarata raketa hujumlarini uyushtirgan edi.
Sulaymoniy o‘limidan so‘ng Eronda uch kunlik milliy motam e’lon qilindi. General o‘zi tug‘ilib o‘sgan Karmon shahrida dafn etildi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024