O‘zbekiston oktyabrda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq – 11 tonna oltin sotdi.
O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan.
Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 42 tonnaga oshdi.
Oktyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Xitoy (23 tonna), Turkiya (19 tonna) va Polsha (6 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.
Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi va o‘z zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi. Shuningdek, Qozog‘iston Markaziy banki tomonidan ham 2 tonna oltin sotilgan.
Avvalroq, oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 2135 dollargacha qimmatlashgani xabar qilingandi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Qimmatbaho metall narxlarining oshishiga Yaqin Sharqdagi qurolli mojaro hamda Federal zaxira tizimining stavkani pasaytirish bo‘yicha kutilmalari sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning 10 oyida O‘zbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p. Shuningdek, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan.
Mavzuga oid
11:21
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024