Jahon | 13:58 / 09.12.2023
6255
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Estoniya vakili Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Foto: Dunyo AA / Anvar Ilyosov

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev tashrif bilan mamlakatga kelgan Estoniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yonatan Vseviov bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistondagi joriy vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Afg‘oniston yo‘nalishidagi, ayniqsa, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish masalasida xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Estoniya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi faol ishtirokini alohida ta’kidladi.

Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Mavzuga oid