O‘zbekiston | 12:25 / 09.12.2023
5849
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘rmon hududlarida yuz bergan yong‘inlar oqibatida tabiatga 2 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Respublika o‘rmonlarida 6 ta holatda jami 323 gektar maydonda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lib, buning oqibatida tabiatga 2 mlrd so‘mlik zararlar yetkazilgan.

Foto: Kun.uz

O‘rmon xo‘jaligi agentligi xabariga ko‘ra, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida uchrayotgan huquqbuzarliklarga qarshi javobgarlikni kuchaytirish, maqsadida o‘rmon qonunchiligiga tegishli o‘zgarishlar kiritildi.

O‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondi hududlarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatlari berildi.

O‘rmon nazoratchilari tomonidan 2023 yilda 673 ta qonunbuzarliklar aniqlanib, buning oqibatida o‘rmon fondiga 675 mln so‘mlik zarar yetkazilgan hamda ularga nisbatan 474 mln so‘m jarimalar belgilandi. Jumladan, sud organlari tomonidan 46 mln so‘m jarimalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, jarimalarni undirish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi bo‘limlariga yuborilgan.

Respublika o‘rmonlarida 6 ta holatda jami 323 gektar maydonda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lib, buning oqibatida tabiatga 2 mlrd so‘mlik zararlar yetkazilgan.

Mavzuga oid