O‘zbekiston | 12:33 / 13.12.2023
6931
1 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri shifoxonalarning sovuq kunlarga tayyorligini tekshirdi

Shu kunlarda O‘zbekistonda odatdagidan ko‘ra sovuq havo kuzatilmoqda. Mamlakatdagi tibbiyot muassasalari bunday noqulay ob-havo sharoitiga qanchalik tayyor?

Foto: Videodan kadr

13 dekabrga o‘tar kechasi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Toshkent shahar 3-son Bolalar klinik shifoxonasida bo‘ldi.

Tashrif davomida vazir bemorlar bilan suhbatlashib, shifoxonalarda qish mavsumiga tayyorgarlik holati, issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

«Ayni kunlarda yurtimizda qish faslining sovuq kunlari hukm surmoqda. Shunga qaramay, tibbiyot muassasalarida mavsum uchun yetarli tayyorgarlik choralarini ko‘rdik. Hozir ham bundan to‘xtaganimiz yo‘q. Qanday ob-havo sharoiti bo‘lishidan qat’i nazar, tibbiyot muassasalari uzluksiz va nuqsonsiz ishlashi shart!» – deya vazirning so‘zlarini keltirgan vazirlik matbuot xizmati.

 

Mavzuga oid