O‘zbekiston | 11:48 / 16.12.2023
21369
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda yana 9 kishi qo‘lga olindi. Ushlanganlar orasida 19-20 yoshli yigitlar ham bor

Farg‘ona viloyati IIB va DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, probatsiya hisobida turib, jazo muddatini o‘tamaganligi sababli sud tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxslar qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyati IIBning Kun.uz’ga xabar berishicha, tezkor qidiruv tadbirlari davomida quyidagi shaxslar qo‘lga olinib, tergov hibsxonasiga yuborildi:

Boymurodov Abdulaziz Shavkatjon o‘g‘li – 1998 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 211-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan.

Akramov Faxriddin Farhodjonovich – 1991 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon shahrida 2020 yil yanvar oyida “Shedevr” nomli choyxonada sodir etilgan jinoyatga aloqador.

Begmatov Muzaffar Turg‘unovich – 1974 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Muqaddam JKning 104- moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

Kamolov Sunnatillo Ibrohimjon o‘g‘li – 2003 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 105-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan sudlangan.

A’zamjonov Orifjon Ulug‘bek o‘g‘li – 2004 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 166- moddasi 2-qismi “v” bandi bilan sudlangan.

Xalilov Umid Mashrabboyevich – 1983 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan sudlangan.

Erkinov Abdulaziz Alijon o‘g‘li – 2001 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 276- moddasi 1-qismi bilan sudlangan.

G‘aniyev Saidkamol Anvarjon o‘g‘li – 1994 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 241-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi, 168- moddasi 3-qismi bilan sudlangan.

Alimov Laziz Ahmedovich –1986 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam JKning 168- moddasi 3-qismi, 166-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5- qismi bilan sudlangan.

Mavzuga oid