O‘zbekiston | 08:04 / 16.12.2023
8106
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

O‘zbekistonda islohotlar dasturining natijadorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining natijadorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning borishi va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xorijdagi yetakchi kompaniya va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik loyihalarni ilgari surish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayoni va mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid