Mo‘g‘uliston poytaxtida avtomobillarni «toq va juft» kunlarda boshqarish qoidasi joriy etildi
Ulan-Bator ma’muriyati tirbandliklarga qarshi shunday usulda kurashishga qaror qildi.
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida avtomobillar harakatiga cheklovlar joriy etildi.
Qoidaga ko‘ra, endi toq raqamli avtomobillar faqat toq raqamli kunlarda, mos ravishda juft raqamli avtomobillar faqat juft raqamli kunlarda harakatlanishi mumkin. Bu haqda poytaxt gubernatori va shahar meri Nyambaatar Xishgee ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu cheklov shaharda avtomobillarning tirbandligiga qarshi kurash choralari doirasida kiritilgan va 18 dekabrdan 1 fevralga qadar amal qiladi.
Qayd qilinishicha, bunday qoidalar birinchi marta joriy etilmayapti.
1,5 million aholiga ega Ulan-Bator Mo‘g‘ulistonning eng katta shahri hisoblanadi. U yerda 720 ming avtomobil bor. Bu mamlakatdagi avtomobillar umumiy sonining qariyb 50 foizini tashkil qiladi. Poytaxtda avtomobillar soni yiliga o‘rtacha 50 mingtaga ko‘paymoqda.
Ulan-Batorda avtomobillar soni ortib borayotgani tirbandlik va havoning ifloslanishi bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shahar rasmiylari ushbu muammolarni hal qilish uchun avtomobillar importini cheklash haqida ham o‘ylamoqda.
Mavzuga oid
21:54
Mo‘g‘uliston havo ifloslanishini kamaytirish uchun «ko‘k ko‘mir» ishlab chiqaradi
12:19 / 25.11.2024
«Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz» - Shavkat Mirziyoyev
10:57 / 25.11.2024
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
12:50 / 04.11.2024