O‘zbekiston | 20:57 / 21.12.2023
8553
1 daqiqa o‘qiladi

Elektr tarmoqlari obektlari muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 mingdan ortiq obekt aniqlandi 

Ushbu obektlar bo‘yicha mahalliy hokimliklar va sudlarga hujjatlar taqdim etilgan va ularni xavfsiz hududlarga ko‘chirish yuzasidan ish olib borilmoqda. 

Foto: Energetika vazirligi

2023 yil davomida Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr tarmoq xo‘jaligi obektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obekt aniqlangan. 

Xususan, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida 8 ming 357 ta, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida esa 700 ta obekt aniqlanib, belgilangan talablar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan. 

Qayd qilinishicha, 7 ming 636 ta obekt bo‘yicha mahalliy hokimliklar va sudlarga hujjatlar taqdim etilgan va ularni xavfsiz hududlarga ko‘chirish yuzasidan ish olib borilmoqda. Ayni vaqtgacha 91 ta obekt xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. 

Ta’kidlanishicha, elektr tarmoq xo‘jaligi obektlari muhofaza zonasida uy, bino, issiqxona va hokazolar qurish, har qanday qurilish ishlarini olib borish qat’iyan taqiqlanadi.

Mavzuga oid