Jahon | 11:36 / 27.12.2023
4869
2 daqiqa o‘qiladi

Seul Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Janubiy Koreyadan Rossiya va Belarusga maxsus ruxsatnomasiz olib chiqish taqiqlangan tovarlar turlari ro‘yxati 1159 taga ko‘paytirildi. U, jumladan, akkumulyatorlar, metallga ishlov berish dastgohlari, samolyot qismlarini o‘z ichiga oladi.

Foto: Udo Weitz/picture alliance

Janubiy Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi Rossiya va Belarusga erkin eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini 682 nomga kengaytirdi. Departament matbuot xizmatining 26 dekabr, seshanba kuni xabar berishicha, endi ular bilan savdo qilish uchun hukumatdan maxsus ruxsat talab qilinadi.

Shu tariqa, Rossiya va Belarusga eksport qilish taqiqlangan strategik ahamiyatga ega tovarlar toifalarining umumiy soni 1159 taga yetdi. Cheklovlar, xususan, og‘ir qurilish texnikasi, akkumulyatorlar, metallga ishlov berish dastgohlari, samolyot qismlari, yangi avtomobil modellari, konditsionerlar, atom energiyasi va yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarni o‘z ichiga oladi.

Seul yanvardan boshlab yangi cheklovlar joriy qilishni rejalashtirmoqda 

Yangi cheklovlar 2024 yil boshidan kuchga kirishi kerak - tegishli ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilgani va eksportchilarga hukumat tavsiyalari berilganidan keyin, deyiladi Savdo vazirligi bayonotida. 

Janubiy Koreyaning «Ryonxap» axborot agentligi qayd etishicha, eksport nazoratini kuchaytirish Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun sanksiya hisoblanadi. 

Mavzuga oid