Jahon | 21:23 / 02.01.2024
24527
4 daqiqa o‘qiladi

Xarkiv va Kiyevning 2 yanvar kungi manzaralari: xarobalar, yong‘inlar va ko‘z yoshlar

RF mudofaa vazirligi barcha «zarbalardan ko‘zlangan maqsadga erishilgani»ni ma’lum qildi.

Rossiya qo‘shini 2 yanvar kuni Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi: Kiyev shahri va Kiyev oblasti, Xarkiv shahri va Kirovograd oblasti bo‘ylab. Hujumlar oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lib, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan. Kiyev va Xarkivda eng jiddiy vayrongarchiliklar kuzatilgan. Kiyevning Solomenskiy rayonida ikki kishi halok bo‘lib, yana 49 kishi yaralangan (bu yerda otishmalar vaqtida ko‘p qavatli uy yonib ketgan); boshqa rayonlarda ichimlik suvi va elektr ta’minotida muammolar yuzaga kelgan. Xarkivga Rossiya tomonidan olti raketa uchirilgan — zarba Shevchenkovo rayoniga yo‘llangan, bu yerda ko‘p kvartirali turar joy va xo‘jalik qurilmalari shikastlangan. 91 yoshli ayol raketa zarbasi qurboniga aylangan, yana 50 kishi, jumladan olti nafar bola ham jarohatlangan. RF mudofaa vazirligi Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga «yuqori aniqlikdagi qurollar» bilan zarbalar berilgani va «zarbalardan ko‘zlangan maqsadlarga erishilgani»ni ma’lum qilgan. Quyida hujumga uchragan shaharlar 2 yanvar tongida qanday ko‘rinishda bo‘lgani aks etgan suratlar.

Kiyev

Rossiya hujumidan keyingi Kiyev osmoni
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasidan keyin yong‘in chiqqan avtosalon hududi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
O‘sha avtosalon
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya snaryadi urilishidan yonib ketgan gaz quvuri hududida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyevda yonib ketgan avtosalon
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya raketa zarbasidan jiddiy darajada shikastlangan uy
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Solomenskiy rayonida yonib ketgan ko‘p qavatli uy. Tungi hujum vaqtida jarohatlanganlarning aksar qismi shaharning shu qismida yashagan. Ma’lum bo‘lishicha, uyda yashovchilarning ayrimlari olov tufayli kvartiralarida qamalib qolgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Qizil Xoch qutqaruvchilari va ko‘ngillilar Rossiya raketa zarbasidan shikastlangan uyda yashovchilarni olib chiqmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyevda yashovchi ayol 2 yanvar tongida
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv

Ukrainalik politsiyachi Rossiya raketa zarbasidan shikastlangan uy hovlisida hosil bo‘lgan o‘rani ko‘zdan kechirmoqda
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Xarkivdagi turar joy binosi hovlisi. Shaharga «Kinjal» raketalari va ballistik raketalar bilan zarba berilgan
Pavlo Pakhomenko / NurPhoto / Shutterstock / Vida Press
Derazalari sinib ketgan kvartiradagi yangi yil archasi
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Rossiya raketa hujumi vaqtida shikastlangan ko‘p kvartirali uyda yashovchilarni evakuatsiya qilmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik politsiyachi Xarkivdagi turar joy yaqiniga tushgan raketa parchasini ko‘zdan kechirmoqda
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid