O‘zbekiston | 16:31 / 03.01.2024
8858
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi

Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.

Illyustrativ foto: instagram.com/samauto.uz

Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Bu viloyat hokimining 29 dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, yo‘lkira narxlari avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun 1500 so‘m (ilgari 1000 so‘m edi), yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda 2000 so‘m (1500 so‘m edi) etib belgilandi.

Bunday qaror shahar yo‘nalishida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining, jumladan, yoqilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlarning qimmatlashgani, korxonalarning moliyaviy jihatdan zarar ko‘rmasligining oldini olish munosabati bilan qabul qilingan.

Mavzuga oid