Zominda avtobus ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi
Avtobus haydovchisi qoidani buzib, VAZ 2106 mashinasining yo‘liga chiqib ketgan.
2 yanvar kuni soat 16:00 atrofida Jizzax viloyati Zomin tumani hududida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 2 yanvar kuni soat 16:00 larda Zomin tumani Hamid Olimjon mahallasidan o‘tgan 4R-40 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan.
Dashtobod-Zomin yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan avtobus haydovchisi chapga burilayotib, ro‘paradan kelayotgan VAZ 2106 mashinasining yo‘liga chiqib ketgan va ular to‘qnashgan.
Oqibatda VAZ 2106 mashinasining 50 yoshli yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Zomin tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024