«Arzon Dorixona»ga berilgan litsenziya bekor qilindi
«Arzon Dorixona»ga tegishli shoxobchada davlat ro‘yxatidan o‘tmagan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika aniqlangani ta’kidlanmoqda.
Toshkent shahrida «Arzon Dorixona» mas’uliyati cheklangan jamiyatga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun 2020 yil sentabrda berilgan litsenziya sud qarori bilan bekor qilindi. Bu haqda Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaati asosida Toshkent shahri, Uchtepa tumanida joylashgan «Arzon Dorixona»ga tegishli shoxobchada tekshiruv o‘tkazilganida, 25 turdagi dori vositasi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tmagani hamda ushbu dori vositalarining muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.
Holat yuzasidan «Arzon Dorixona»ga berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan, hamda litsenziya bekor qilingan.
Sud qarorining qachondan qonuniy kuchga kirgani haqida xabarda ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
16:15 / 18.12.2024
Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi
21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi
20:33 / 25.11.2024
Qimmat sotilgan dorilarning puli xaridorlarga qanday qaytarilyapti?
18:23 / 21.11.2024