Jahon | 19:28 / 09.01.2024
10031
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an to‘qqizinchi marta bobo bo‘ldi 

Davlat rahbarining qizi Sumayya Bayroqtor ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an to‘qqizinchi marta bobo bo‘ldi. Istanbulda davlat rahbarining qizi Sumayya Bayroqtor ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. Erdo‘g‘an shifoxonaga bordi va bola va ona ahvolidan xabar oldi. Shuningdek, bolaning qulog‘iga ismini pichirladi. 

Prezident o‘zining to‘qqizinchi nabirasiga Osim O‘zdemir ismini qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. 

Turkiya davlat rahbariga shifoxonaga tashrifi chog‘ida rafiqasi Emine Erdo‘g‘an hamrohlik qildi. 

Eslatib o‘tamiz, prezident to‘qqiz nafar nabiraga ega: qizi Esra Olbayroqning 4 nafar, o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘anning uch nafar, qizi Sumayya Bayroqtorning 2 nafar farzandi bor.

Mavzuga oid