Jahon | 20:29 / 09.01.2024
7031
1 daqiqa o‘qiladi

Gabriel Attal Fransiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi 

Yaqin orada u prezident Emmanuel Makronga yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritishi kerak. 

Foto: Getty Images

Fransiya bosh vaziri lavozimiga 34 yoshli ta’lim vaziri Gabriel Attal tayinlandi, deb xabar berdi DW. 

Attal Fransiya tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘ldi. Yaqin orada u prezident Emmanuel Makronga yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritishi kerak. 

8 yanvar kuni Fransiya bosh vaziri Elizabet Born iste’foga chiqishini e’lon qildi va Makron buni qabul qilgan edi. Born vazirlar mahkamasiga 1 yilu 7 oy rahbarlik qildi. Bu vaqt ichida u Konstitutsiyadagi parlament roziligisiz qonun qabul qilishni nazarda tutuvchi bandga 23 marta murojaat qildi, jumladan, ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan pensiya islohoti qonunini. 

Attal Makronning «Uyg‘onish» partiyasiga 2016 yilda a’zo bo‘lgan. Keyinchalik u partiya matbuot kotibi lavozimini egalladi, so‘ngra hukumatdagi birinchi lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid