Jamiyat | 21:39 / 09.01.2024
5913
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda fuqarolarni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U ikki kishini Qozog‘istondagi OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Boyovut tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro I.I. fuqarolar S.M. va O.R.ning ishonchiga kirib, ularni 4 000 dollar evaziga Qozog‘istondagi OTMlardan biriga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlardan biriga ko‘chirib berishini aytib 3 900 dollar va 1,2 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid