Jahon | 10:23 / 10.01.2024
3449
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyalik olimlar chat-botlarning xavfliligi haqida ogohlantirdilar

Chat-botga oshkor qilingan shaxsiy ma’lumotlardan kelajakda foydalanishlari mumkin.

Foto: Alamy

Britaniyalik olimlar foydalanuvchilarni shaxsiy ma’lumotlarni chat-botlar bilan almashmaslikka chaqirdi. Bu haqda Standart nashri xabar berdi.

Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) kompyuter fanlari professori Maykl Vuldrijning so‘zlariga ko‘ra, CHatGPT kabi chat-botlar "juda aniq" bo‘lib, foydalanuvchi so‘ragan so‘rovlarni bajaradi. Bunda bot kelajakda boshqa foydalanuvchilarning so‘rovlariga javob berishda iste’molchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin.

Shuning uchun Vuldrij chat-botlarning xavfliligi haqida ogohlantirdi. Unga ko‘ra, xizmat tomonidan to‘plangan barcha ma’lumotlar saqlanadi va chat-botning keyingi avlodiga o‘tkaziladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizimga tasodifan yuklangan maxfiy ma’lumotlarni o‘chirib bo‘lmaydi.

Ai-DA loyihasi direktori Eydan Meller sun’iy intellektning kuchidan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytdi: "Bu biz bilgan jamiyatni o‘zgartiradi va menimcha, biz haqiqatan ham yo‘lning boshida turibmiz." Meller 2024 yilni sun’iy intellekt uchun juda muhim yil deb atadi, chunki CHatGPT ning yangi versiyasi yaqin oylarda chiqariladi, u shunchaki matnda emas, balki ko‘proq ma’lumotlarni yaratishga qodir.

Dekabr oyi o‘rtalarida Bet Isroil tibbiyot markazi olimlari chat-botlardan kasalliklarni tashxislashda yordamchi sifatida foydalanish mumkinligini xabar qilishdi. Xususan, sun’iy intellektni klinik ish oqimlariga integratsiyalash mumkin degan xulosaga kelishgan edi.

Mavzuga oid