O‘zbekiston | 12:23 / 13.01.2024
6414
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kafe yonib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohatlari olgan uch kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: «Gazeta.uz»

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan kafelardan biri yonib ketgan. FVV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 13 yanvar kuni ertalab sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, soat 09:39 da Toshkent shahar FVBga Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, soat 09:44 da hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va soat 10:35 da yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida kafe binosining taxminan 150-200 metr kvadrat tom va shift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid