Jamiyat | 08:09 / 14.01.2024
5494
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda gazballoni omborida yong‘in chiqdi

Bir kishi jarohatlangan.

Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi gazballoni omborida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Bo‘ston tumani gaz ta’minoti bo‘limi tasarrufidagi suyultirilgan gazballonlari saqlanuvchi omborda yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisaga gazballonlaridan biridagi chaqnash sabab bo‘lgan. Olov favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘liq o‘chirilgan. 

Hodisa oqibatida bir kishi yengil tan jarohati olgan. Qurbonlar yo‘q.

Mavzuga oid