Jamiyat | 12:17 / 15.01.2024
25254
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda bolasini muttasil kaltaklab kelgan ayolga jinoyat ishi ochildi

Shofirkonlik ayol 5 yoshli farzandini 2022 yilning mart oyidan 2023 yil noyabr oyigacha kaltaklab, qiynab kelgan.

Foto: Bolalar ombusdmani

Shofirkon tumanida voyaga yetmagan farzandini muttasil ravishda kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro L.Z.dan Shofirkon tumanida yashovchi S.N. kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotgani bayon etilgan murojaat va bu holatga oid videomateriallar kelib tushgan. 

Holat yuzasidan Shofirkon tumani ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilgan. Jarayonda aniqlanishicha, S.N. 2018 yilda tug‘ilgan farzandi S.F.ni beshikka bog‘lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda, 2022 yilning mart oylaridan 2023 yil noyabr oyigacha kaltaklab, qiynab kelgan.

Holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a,v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Jizzax viloyatida go‘dak farzandini qiynagan, hayoti va sog‘lig‘ini xavfga soluvchi harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochilgandi

Mavzuga oid