Jamiyat | 07:30 / 15.01.2024
5969
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda rezervuarga to‘kilayotgan sement ostida qolib ketgan korxona ishchisi qutqarildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlardan birida Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida baxtsiz hodisa yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa «Binokor temir-beton servis» korxonasida 13 yanvar kuni soat taxminan 15:30 da sodir bo‘lgan. 

Bunga sabab - sement to‘ldirilgan avtomashina 80 tonnalik sement saqlash rezervuariga sement to‘kayotgan vaqtida rezervuarda sement to‘lganligini avtomat tarzda xabar berish mayoqchasi texnik nosozliklar sababli xabar qilmagan va shu bois, sement pastga chang bo‘lib tushgan. 

Hodisa oqibatida, korxona ishchilaridan biri sement changi ostida qolib ketgan.

Ishchining hozirgi holati yaxshi va unga hech qanday tan jarohati yetmagan.

Mavzuga oid