Jamiyat | 09:41 / 16.01.2024
13614
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 2 100 dollarga uchta haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Beruniy tumanida 2 100 dollar evaziga fuqarolarga uchta haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Prokuratura departamenti hamda DXX Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro Z.D. uch nafar fuqaroni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga fuqaro J.K.dan 2 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 700 dollar va 7 mln so‘mga ikkita haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlangandi.

Mavzuga oid