Jahon | 14:54 / 21.01.2024
15335
10 daqiqa o‘qiladi

Horlivka atrofidagi dronlar rotasi va frontdagi «koshmaromobil». Urush suratlari

Ukrainada urushning 696-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya 2024 yil yozida Ukraina navbatdagi keng ko‘lamli hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda, bu haqda ukrainalik mulozimlarga tayanib Financial Times xabar bergan.
  • Prokuror «voyenkor» Vladlen Tatarskiyning o‘limida ayblangan Darya Trepova uchun 28 yil qamoq jazosi so‘radi.
  • «Ko‘pincha bu mojaro muzlatilishiga olib keladi». Zelenskiyning ofisi rahbari Ukraina qo‘shini mudofaaga o‘tishiga qarshi.
  • Slovakiya Rossiya va Belarus bilan madaniy hamkorlikka qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, bunday taqiq Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganida, oldingi hukumat tomonidan joriy etilgandi.
  • Safarbar etilganlarning turmush o‘rtoqlari Putinning saylovoldi shtabiga kelishdi va u qachon demobilizatsiya to‘g‘risidagi farmonini imzolashini so‘rashdi. Qabulxona xodimi esa urushga faqat ko‘ngillilar ketgani, borishni istamaganlar mamlakatni tark etganini aytgan.
  • Kamchatkada sud Ukrainada jang qilishdan bosh tortgan shartnoma asosida xizmat qiluvchi yetti harbiyni koloniyaga yubordi.
  • «Kommersant» xabariga ko‘ra, Rossiyada sud ilk bor Ukrainadagi urush ishtirokchisi bo‘lgan va o‘z quroldoshini o‘ldirgan shaxsni oqladi.
  • Armiya to‘g‘risidagi «feyk» va boshqa qator jinoiy moddalar bo‘yicha ayblanganlarning mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat dumasi ko‘rib chiqishi uchun 22 yanvar kuni kiritiladi.
  • Amerika va g‘arbdagi boshqa mamlakatlarning razvedka xizmatlari hisoblashicha, Ukrainadagi urush kamida yana ikki yil davom etadi.
  • NATO harbiy qo‘mitasi rahbari alyans mamlakatlarini kelgusi 20 yillik ichida Rossiya bilan urush chiqishiga tayyor bo‘lishga chaqirgan.
  • Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya bilan chegarada «mudofaa liniyasi» qurishga kelishib oldi.

Kun kadri. Kramatorsk bozorida bombapanagoh

Donetsk oblastida front bo‘yidagi Kramatorsk shahri — muhim transport tuguni hisoblanadi. Ukraina QK jangchilari yaqinlari bilan ko‘rishish uchun front chizig‘idan shu yerga kelishadi.

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqiniga qadar Kramatorskda 250 ming atrofida odam yashagan. 2022 yil yozida evakuatsiya boshlangach, shahar aholisi 50 minggacha qisqardi, ammo keyin yana asta-sekin osha boshladi. Harbiylar va ularning qarindoshlari to‘planishi tufayli Kramatorskda savdo rivojlanmoqda va qahvaxonalar ochilmoqda, deb yozgan Ukrainadagi Liga.net nashri 2023 yil noyabrda.

Shu bilan birga, rossiyaliklar raketasi uchirilganidan bir daqiqadan kam vaqt ichida shaharga yetib keladi. Kramatorskliklarning ayrimlari to‘g‘ridan to‘g‘ri bombapanagoh oldida savdo qiladi.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Horlivka yaqinida FPV-dron ishlatayotgan ukrain harbiylari

2022 yil oxiri — 2023 yil boshida Ukrainadagi urushda «dronlar inqilobi» ro‘y bergandi: ikki armiyada ham amalda har bir bo‘linmada tijoriy razvedka dronlari paydo bo‘ldi. Keyinroq ular granata va boshqa o‘q-dorilar tashish va tashlashga moslashtirildi. 2023 yilda avvaliga Ukraina QK, keyin esa RF qurolli kuchlari ham minglab kamikadze dronlar (FPV-dronlar) qabul qilib oldi. Bu esa front chizig‘i va uning ortidagi hududlar ikki armiya razvedkasi uchun ham «ko‘rinib turishi»ga olib keldi. Aniqlangan nishonlarga dronlar orqali darhol zarba berish mumkin — yoki ular haqidagi ma’lumotlar artilleriyaga yuboriladi va ular operativ tarzda o‘t ochib, obektlarni yo‘q qiladi.

Ukraina QK 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning «Rarog» zarbdor dronlar rotasi harbiy xizmatchisi FPV-dronlarni Donetsk oblastining RF QK okkupatsiyasi ostidagi Horlivka shahri atrofidagi pozitsiyalarga uchirishga tayyorlanmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy qo‘mondonligi zarbdor dronlar rotalarini shakllantirishni 2023 yil yanvaridayoq boshlagandi — Ukraina QK bu muntazam armiyalardagi shu kabi ilk tuzilma ekanini bildirgandi. Sentyabr oyiga kelib bunday rotalar soni 17 taga yetdi. «Rarog» — OAVda eng ko‘p tilga olinadigan dronlar rotalaridan biridir: uning pilotlari Baxmut va Horlivka atrofidagi janglarda qatnashmoqda.
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
«Rarog» rotasi jangchisi Horlivka yaqinidagi pozitsiyada o‘q-dori bilan jihozlangan FPV-dronni uchirishga tayyorlanmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
«Rarog» rotasining FPV-dronlari operatorlari RF QKning Horlivka yaqinidagi pozitsiyalariga uchirilgan dronlarni boshqarmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida Ukraina QK yarador jangchilari evakuatsiyasi 

Ukraina QK yarador jangchisi quroldoshlar va tibbiyot xodimlari qurshovida tezkor operatsiya o‘tkazish uchun olib ketilmoqda. U Donetsk oblastidagi janglar vaqtida yaralangan
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Tibbiyot xodimi maxsus pribor — pulsoksimetr orqali Donetsk oblastida yaralangan ukrainalik jangchining saturatsiyasini (qondagi gemoglobinning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini) o‘lchamoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina QK yarador jangchisi Donetsk oblastidagi front chizig‘idan hospitalga evakuatsiya qilinmoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Okkupatsiya ostidagi Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblastining Horlivka shahri 2014 yil aprelidan buyon «DXR» kuchlari tomonidan nazorat qilinadi. Shu bilan birga, u qo‘shinlarning tutashuv chizig‘idan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib, keng ko‘lamli bosqin boshlangach uning intensiv o‘qqa tutilishi keskin ortgan. 20 yanvarga o‘tar kechasi yo‘llangan navbatdagi zarbalardan keyin tinch aholi vakillari bo‘lgan to‘qqiz kishi, jumladan tez tibbiy yordam xodimi jarohatlangan, deb xabar bergan mahalliy rasmiylar.

«DXR» favqulodda xizmatlari xodimlari Horlivkada artilleriya zarbasi oqibatida qisman vayron bo‘lgan ko‘p qavatli kvartiralardan birini tozalamoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Horlivkada yashovchilardan biri artilleriya zarbasiga uchragan kvartiradan vayron bo‘lgan devor parchasini uloqtirmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Horlivka aholisi vakillari artilleriya zarbasi vaqtida derazalari sinib ketgan kvartira ichida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Qo‘lbola baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan foydalanayotgan ukrain artilleriyachilari

Bu hafta Ukraina qurolli kuchlari «koshmaromobil»ni namoyish etishdi — bu 56-alohida motopiyodalar brigadasi jangchilari ko‘ngillilar bilan birgalikda yasagan mobil baravar o‘t ochish reaktiv qurilmasidir. «Koshmaromobil»da snaryadlar otuvchi qism «Grad» tizimidan olingan va pikap ustiga o‘rnatilgan.

«„Koshmaromobil“ favqulodda mobil va ixcham bo‘lib, dushman dronlariga deyarli tutqich bermaydi, aniq razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lganida esa dushmanning jonli kuch va texnikalari tomon samarali raketa zarbalari yo‘llay oladi», — deyiladi 56-brigada matbuot xizmati xabarida.

Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari «koshmaromobil» nomli raketa uchirish qurilmasini o‘qlamoqda
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images

Emmanuel Makron Ukrainaga jo‘natish uchun tayyorlangan gaubitsalarni ko‘zdan kechirmoqda

18 yanvar kuni Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Fransiya Ukrainaga yaqin haftalarda Caesar rusumli oltita o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yuborishi va yil oxirigacha yana 72 ta qo‘shimcha qurilma tayyorlab berishini ma’lum qildi.

«O‘q-dori taqchilligi — qurolli kuchlarimiz duch kelayotgan nihoyatda dolzarb muammo. Artilleriya koalitsiyasi bu muammolarni hal etishga ahd qilgan», — deya qo‘shimcha qilgan Umerov.

RFI nashri yozishicha, Fransiya va AQSh rahbarligidagi «artilleriya koalitsiyasi» — «Ramshtayn» formati sifatida ma’lum bo‘lgan Ukraina mudofaasi bo‘yicha kontakt guruhining muhim komponentlaridan biridir. Bu guruh 50 dan ortiq mamlakatni o‘z ichiga olib, Ukraina qurolli kuchlarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlash uchun tuzilgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va mamlakat mudofaa vaziri Sebastiyen Lekornyu Normandiyadagi harbiy-dengiz bazasiga tashrif vaqtida Caesar qurilmasini ko‘zdan kechirmoqda
Christophe Petit Tesson / AFP / Scanpix / LETA

Anneksiya qilingan hududlarda but yuvish bayramiga to‘plangan rossiyalik harbiylar

Pozitsiyalari Donetsk oblastining anneksiya qilingan qismida joylashgan rus harbiylari but yuvish ibodatiga to‘plangan
Aleksey Mayshev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Aleksey Mayshev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Rus pravoslav cherkovi ruhoniysi Nikolay Gvozdev Rossiya armiyasi pozitsiyasida But yuvish bayrami vaqtida suvni «muqaddaslashtirmoqda»
Aleksey Mayshev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Aleksey Mayshev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid