Oqqo‘rg‘onda ikki erkak “jin chiqarish” paytida 42 yoshli ayolni o‘ldirib qo‘ydi
Ular “jin chiqarish”da bolg‘a, temir qoziq, temir zanjir kabi predmetlar bilan ayolni qiynagan.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ikki erkak “jin chiqarish” paytida 1981 yilda tug‘ilgan ayolni o‘ldirib qo‘ydi. Voqea 2023 yilning iyul oyida sodir bo‘lgan.
Bu holat 2023 yilning 22 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmida keltirilishicha, ayblanuvchi 35 yoshli Rahim Boltaboyev hamda 44 yoshli Yusuf To‘raxo‘jayev 2023 yilning 16 iyul kunidan 20 iyul kunigacha aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida jinoiy til biriktirgan. Ikki erkak Oqqo‘rg‘on tumanining Qahramon mahallasida yashovchi 42 yoshli ayolning uyiga borib, uni ichiga “jin kirib qolgani”ga ishontirishgan. So‘ngra “jinni chiqarish” uchun “dam solib”, muolaja o‘tkazish kerakligini aytishgan.
Erkaklar 1 mln so‘m evaziga “jinni chiqarib” berishni aytib, har kuni soat 5:00 larda ayolning uyiga borgan va bir soat davomida go‘yoki “jin chiqarish” bilan shug‘ullanishgan. “Muolaja” paytida ular o‘zlari bilan olib kelgan bolg‘a, temir qoziq, temir zanjir kabi buyumlar bilan ayolning ko‘krak qafasi, qorin qismi, ikkala qo‘l va oyoq sohalariga kuch ishlatishgan. Bu orqali ayolga uning o‘limiga sababchi bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazishgan. Jarohatlar oqibatida ayol 2023 yil 20 iyul kuni o‘zining yashash xonadonida vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ayolda “kŭkrak yëpiq jarohati, chap tomonlama 2 va 3 qovurg‘asining ŭmroq ŭrta chizig‘i bŭĭlab sinib, siljishi, qorin yëpiq jarohati, 2 ta buĭrak, oshqozon, ichak va qorin devorlariga qon quĭilishi, kŭndalang chambar ichak ĭirtilishi, ichki qon ketishi, gemoperitoneum, postgemorragik va postravmatik shok, pastki lab chap tomonidagi, engak soxasi ŭng tomonidagi, kŭkrak qafasi old yuzasi tŭsh ustki sohasidagi, chap yelka kamari old yuzasidagi, qorin old devori oqchizig‘i bŭĭlab kindik ustidagi, chap son ichki yuzasidagi chap boldir oldingi va orqa yuzalaridagi, ŭng boldir old va orqa yuzasidagi, ŭng va chap tashqi yuzasidagi tan jarohat”lari aniqlangan.
Ayblanuvchi Rahim Boltaboyev va Yusuf To‘raxo‘jayev Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi va 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmi bilan Rahim Boltaboyevga 3 yil, Yusuf To‘raxo‘jayevga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Mavzuga oid
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:20 / 17.10.2024