O‘zbekistonning birinchi xonimi Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi
Ziroat Mirziyoyeva va Xitoy raisining rafiqasi Pen Liyuan Xitoy Milliy muzeyini ko‘zdan kechirdi.
Ushbu muzeyda Xitoyning 5 ming yildan ortiq tarixidan so‘zlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.
Birinchi xonimlar muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqidagi nodir ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida Pekindagi Xitoy Milliy muzeyini ko‘zdan kechirdi.
Ushbu muzeyda Xitoyning 5 ming yildan ortiq tarixidan so‘zlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.
Birinchi xonimlar muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqidagi nodir ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.
Suhbat chog‘ida ikki xalq madaniyati va qadriyatlari o‘xshashligi, rishtalar ko‘p ming yillik tarixga ega ekani, bularning barchasi bugungi munosabatlar rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlayotgani qayd etildi.
Ziroat Mirziyoyeva ikki xalqni yanada yaqinlashtirish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash maqsadida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini, mamlakatlarda muntazam o‘tkazilayotgan Madaniyat kunlari bunga yorqin misol ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024