Pekinda «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» balet spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi
Pekinda mashhur «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» balet spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Ushbu premera Xitoy milliy opera teatri sahnasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.
Uch yillik gastrol safarlari davomida «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» spektakli Dubay, Istanbul, Bursa, Dortmund, Moskva, Parij va Sankt-Peterburgda tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘lgan. Xoreograf Raimondo Rebekning yuksak mahorati hamda O‘zbekiston Milliy baleti truppasining hissiyotlarga boy ijrosi sababli qadimgi raqs yangi talqinda yog‘du sochdi.
«Xorazm zaminida ming yillar davomida qadr topgan lazgi raqsi xalq ijodkorligining cheksiz imkoniyatidan hikoya qiluvchi o‘ziga xos dostondir. Lazgi – ijrochining har bir harakati, har bir imo-ishorasi, o‘tli nigohi o‘zbek madaniyatining boy tarixi va bemisl go‘zalligiga, qolaversa, ajdodlarga ehtirom timsoli sifatida namoyon bo‘ladigan lahzalardir», deydi Saida Mirziyoyeva.
Pekinda namoyish etilgan spektakl Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida taqdim etildi.
«Yuqori darajada tashkil etilgan ushbu badiiy bayram uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman», deya ma’lum qildi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
02:08
Saida Mirziyoyeva: «Kelgusi yil uchun belgilangan vazifalar ko‘lami juda keng»
20:49 / 19.12.2024
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi
19:14 / 12.12.2024
Saida Mirziyoyeva ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan samarqandlik bolalar bilan uchrashdi
13:12 / 11.12.2024