Jahon | 17:07 / 24.01.2024
12141
2 daqiqa o‘qiladi

Mariya Zaxarova tarixchi Smolinning o‘zbeklar haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

Foto: Telegram / Mariya Zaxarova

Rossiyaning NTV telekanalidagi «Mesto vstrechi» («Uchrashuv joyi») ko‘rsatuvida rossiyalik tarixchisi Mixail Smolin inqilobgacha — 1917 yilgacha o‘zbek, qozoq va ozarboyjonlar millat sifatida mavjud bo‘lmagan deya fikr bildirdi. 

«Qarang, Qozog‘iston qanday paydo bo‘ldi. Dastlab u RSFSR tarkibida Qozoq Respublikasi deb atalgan. Ya’ni qozoqlar umuman yo‘q edi, keyin Qozoq SSR tarkibida Qirg‘iziston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi. Masalan, o‘zbeklar inqilobgacha bo‘lmagan. Bunday etnik nom yo‘q edi. Markaziy Osiyodagi bir qancha xalqlarni bir qilib, o‘zbeklarni [sun’iy] yaratishgan. Ozarbayjonlar kimlar? Bunday millat bo‘lmagan», – degan u.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Smolinning bayonotiga izoh berib, bu tarixchining shaxsiy fikri ekanini aytdi.

«Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalarini umumiy tarix, yaqin insoniy, gumanitar aloqalar, savdo-iqtisodiy va biznes aloqalari birlashtiradi.

Bizning chinakam  hamkorligimiz, strategik sherikligimiz va aksariyat hollarda ittifoqdoshligimiz bir-biriga hurmat va madaniyatlar muloqotiga asoslangan bo‘lib, bizni o‘zining chuqur tarixi va butun insoniyat uchun qadrli samarasi bilan boyitadi.

Rossiya va ishonchimiz komilki, Markaziy Osiyo mintaqasining suveren, mustaqil davlatlari bunday munosabatlarning ahamiyatini to‘liq tushunadi.

Qayd etilgan g‘alati bayonotlar tabiatan sof sub’yektivdir, hozirgina aytib o‘tilgan voqeliklar bilan hech qanday umumiylik yo‘q va butunlay muallifning vijdonida qoladi», – dedi Zaxarova.

Mavzuga oid