Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqdi
Irakliy Garibashvili o‘z partiyasini 2024 yilgi saylovlarga tayyorlash maqsadida hukumat rahbarligidan ketdi.
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili hukumat rahbari lavozimini tark etdi, deb xabar berdi «Gruziya Online». Bu haqda u hukumat ma’muriyatida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
«Jamoa bilan muhokama qilgan qarorimiz haqida ommani xabardor qilmoqchiman. Bugun men bosh vazir lavozimini tark etaman», dedi Garibashvili.
Siyosatchi o‘z iste’fosini 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik va parlament saylovlari bilan izohlagan. Garibashvilining aytishicha, endilikda u hukmron partiya - "Gruzin orzusi"ning raisiga aylanadi.
O‘z navbatida, bosh vazir lavozimini hukmron partiya raisi Irakliy Kobaxidze egallaydi.
41 yoshli Irakliy Garibashvili Gruziya bosh vaziri lavozimiga ilk bor 2013 yilda kelgan edi. So‘ngra, 2015 yil dekabr oyida iste’foga chiqdi. 2021 yilda yana ushbu lavozimda ish boshladi. Bungacha mamlakat mudofaa vazirligini boshqargan edi.
Mavzuga oid
11:13 / 02.12.2024
«Gurjistonda qayta saylovlar bo‘lmaydi» - bosh vazir Kobaxidze
11:50 / 29.10.2024
Gurjiston bosh vaziri: Muxolifat va NNT konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqyapti
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024