Sport | 22:01 / 30.01.2024
15613
1 daqiqa o‘qiladi

Rustam Imomali Tojikiston milliy jamoasiga 450 ming AQSh dollari mukofot puli ajratdi

Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Imomali mamlakat milliy jamoasining Osiyo kubogi-2023dagi muvaffaqiyatli natijalarini inobatga olgan holda mukofot puli bilan taqdirladi.

Tojikiston milliy jamoasi Livanni mag‘lub etib, guruhdan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritigach, 300 ming AQSh dollar pul mukofoti olgan.

Tojikiston milliy jamoasi 2023 yilgi Osiyo Kubogi 1/8 finalida Birlashgan Arab Amirliklari ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:3) TFF prezidenti yana 150 ming dollar mukofot puli ajratdi.

Rustam Imomalining telegramdagi rasmiy kanalida yozilishicha, Tojikiston milliy jamoasi Iordaniya bilan bahsda g‘alaba qozonib, yarimfinalga yo‘llanma olsa, jamoa qo‘shimcha 200 ming AQSh dollari mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston milliy jamoasi Osiyo kubogidagi debyutida turnirda chorakfinalgacha yetib keldi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Rustam Imomali o‘z vaqtida Dushanbening «Istiqlol» klubi sharafini himoya qilgan. U Tojikiston milliy kengashi raisi, Dushanbe shahri hokimi va Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti sanaladi.

Mavzuga oid