Jamiyat | 10:01 / 30.01.2024
7168
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda voyaga yetmagan bolasiga mashina boshqaruvini topshirgan ayolga chora ko‘rildi

Holat shahar ko‘chalaridan biriga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand shahrida yashovchi ayolga voyaga yetmagan bolasiga mashina boshqaruvini topshirgani uchun chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayolning voyaga yetmagan o‘g‘liga mashina boshqaruvini bergani kuzatuv kameralariga tushib qolgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

IIB YHXB xodimlari tomonidan qoidabuzarlar va transport vositasi tezda topilgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati tomonidan tasvirga olingan videoda ayol va uning o‘g‘li o‘z qilmishlaridan pushaymonliklarini bildirishgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan ayolga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma to‘ldirilgan.

Mavzuga oid