O‘zbekiston | 13:20 / 01.02.2024
39382
1 daqiqa o‘qiladi

Xizmat kiyimida mast holda yurgan IIB xodimi ishdan haydaldi

Tarmoqlardagi tasvirda ust-boshi loy holda ko‘rinish bergan xodim Qo‘shrabot tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan. U tizimga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan edi.

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlar sodir qilgan xodim ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, katta serjant Z.S. ichki ishlar organlari safiga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan va Qo‘shrabot tumani IIBda profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan.

Xodim xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilgani hamda ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo‘shatilgan.

“Hozirda, ushbu holatning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan”, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda katta serjant Z.S. qattiq mast holda bo‘lgani, uning xizmat kiyimi boshdan oyoq loyga botgani ko‘rinadi.

Mavzuga oid