O‘zbekiston | 08:23 / 03.02.2024
6502
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2023 yilda nechta yangi mashina ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum qilindi

Ularning 85 foizi O‘zbekistonda, qariyb 15 foizi xorijda ishlab chiqarilgan mashinalar bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi tomonidan 2023 yilda O‘zbekistonda necha dona yangi avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ochiqlandi.

O‘nga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 424 658 dona yangi avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan:

— O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan – 362 236 dona (85,3 foiz)

— Xorijda ishlab chiqarilgan – 62 422 dona (14,7 foiz)

Avvalroq, 2023 yilda O‘zbekistonda turli modeldagi jami 393 148 dona mashina ishlab chiqarilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid