O‘zbekiston | 09:29 / 04.02.2024
6896
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda harakat vaqtida avariya holatini yuzaga keltirgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.

Foto: Videodan kadr

31 yanvar kuni tarmoqlarda Toshkentdagi 2-sonli avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 80-sonli yo‘nalish yo‘lda boshqa transportlarga xalaqit qilib, avariya holatini yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2-sonli avtobus saroyi filiali rahbariyati va tezkor shtab a’zolari haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Harakat qoidalari va ichki tartibni buzgani hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun korxona tomonidan haydovchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bunday holatlarning oldini olish uchun 80-yo‘nalishdagi barcha haydovchilar qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Mavzuga oid