Jahon | 16:36 / 06.02.2024
13643
4 daqiqa o‘qiladi
Xarkiv oblastidagi vayronalar va frontdagi azovchilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 712-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni iste’foga chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi.
- «Ukrainskaya pravda» manbasi tasdiqlashicha, Zelenskiy Zalujniy bilan birgalikda Ukraina QK bosh shtabi boshlig‘i Sergey Shaptalani ham lavozimdan ozod etishni rejalashtirgan.
- Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko Zalujniyning iste’fosiga qarshi chiqdi.
- FT nashri yozishicha, Zelenskiyning Ukraina harbiy rahbariyatini almashtirish bo‘yicha rejalari g‘arblik hamkorlarni asabiylashtirmoqda.
- AQSh senati Ukrainaga yordam ham ko‘zda tutilgan qonun loyihasini taqdim etdi. Endi uni kongress qabul qilishi kerak.
- Yandex N.V. Rossiyadagi «Yandeks» konsorsiumi xususiy investorlarga sotilganini e’lon qildi. Arkadiy Voloj xorijdagi bizneslarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
- Putin Uzoq Sharq va Arktika ipotekalarini urush faxriylari va qurbonlarning oila a’zolari uchun uzaytirib berishga ko‘rsatma berdi. Undagi imtiyozli stavka 2 foizni tashkil etadi.
- Markaziy saylov komissiyasi Rossiya prezidentligiga nomzod Boris Nadejdin to‘plagan imzolarning 15 foizini nuqsonli deb topdi.
Malaya Kamishevaxadagi Avliyo Troitskiy ibodatxonasi
Ukraina QK Xarkiv oblastidagi Malaya Kamishevaxa qishlog‘ini 2022 yil kuzidagi qarshi hujum davomida ozod etgandi. Keng ko‘lamli urushning ilk kunlarida boshlangan okkupatsiya chog‘ida rossiyalik harbiylar Avliyo Troitskiy ibodatxonasini dala hospitaliga aylantirgan. Quyida Malaya Kamishevaxada janglardan keyin yuzaga kelgan vaziyat aks etgan kadrlar.
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi dronlari
«Azov» jangchilari Luhansk oblastida
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024