O‘zbekiston | 09:56 / 10.02.2024
21016
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda kanalga tushib ketgan Nexia-2 olti kundan keyin topildi

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Foto: Videodan kadr

Namangan viloyatida Pop va Mingbuloq tumanlarini bog‘lovchi kanalga Nexia-2 mashinasi tushib ketgan. IIV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 3 fevral kuni sodir bo‘lgan.

Nexia-2 haydovchisi mashinani Mingbuloq tumanidan Pop tumani To‘da qishlog‘i tomonga olib o‘tish uchun paromga chiqargan. Biroq u tajribasizlik qilgan va mashina kanalga tushib ketgan.

Mashina ichida bo‘lganlar hodisa sodir bo‘lgan paytda mashinadan chiqib olishgan. Nexia-2 esa oqib ketgan. Mashinani qidirish ishlari olti kun davom etgan va u 2024 yil 9 fevral kuni 8 metr chuqurlikdan aholi yordamida chiqarib olingan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Haydovchi mashina kanalga tushib ketgan paytda undan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid