O‘zbekiston | 23:19 / 10.02.2024
25023
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida tunda mashinalar ballonini o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi

Ular o‘nga yaqin Cobalt avtomobillarining shinalarini tunda yechib olib, sotish bilan shug‘ullangan.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida avtomobil shinasi o‘g‘rilari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.I. tengdoshi J.A. va sherigi 1997 yilda tug‘ilgan N.N. bilan birgalikda Yangiyo‘l shahri, tumani va Quyi Chirchiq tumanida o‘nga yaqin Cobalt avtomobillarining shinalarini tunda yechib olib, sotish bilan shug‘ullangan. Ular jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan.

Ushbu shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid