Jahon | 20:56 / 13.02.2024
19319
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Quyoshdagi qo‘rqinchli chaqnash suratini ko‘rsatdi

Chaqnash eng kuchli sifatida tasniflandi, u radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya signallariga ta’sir qilishi va kosmik kemalar, astronavtlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. 

Foto: NASA

9 fevral kuni Quyoshda kuchli chaqnash kuzatildi - NASA Quyosh dinamikasi observatoriyasi xodimlari bu lahzani suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Fotosuratda ultrabinafsha nurlanish qayd etilgan, u pastki o‘ng qismida aniq ko‘rinadi. 

Quyosh chaqnashi - bu Quyosh yuzasidagi portlash bo‘lib, qisqa vaqt ichida juda katta miqdorda energiya chiqaradi. 

Chaqnash kuchi X3.3 sifatida tasniflangan. X - chaqnash sinfini (eng kuchli portlashlarni) bildiradi, raqamlar esa sinf ichidagi kuchni bildiradi (maksimal 10, lekin bunday chaqnash juda kam uchraydi). 

NASA ta’kidlashicha, X sinfidagi chaqnashlar radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya signallariga ta’sir qilishi va kosmik kemalar, astronavtlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. 

Qayd qilinishicha, kelajakda yanada kuchli chaqnashlarni kutish mumkin: quyosh sikli maksimal faollikka yaqinlashmoqda.

Mavzuga oid