Toshkent viloyatida “prava” tayyorlab berishini aytib fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs qo‘lga olindi
U haydovchilik guvohnomasini olmoqchi bo‘lgan fuqaroga B toifa uchun 3 mln so‘m, B, C toifa uchun 3,5 mln narx qo‘ygan.
Jizzax shahrida yashovchi B.Sh. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan jami 3 mln so‘m puli noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi 24 yoshli K.F. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, K.F., jabrlanuvchi B.Sh.ga o‘zini “Telegramdagi guruh admini sifatida tanishtirib, unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini, B toifa uchun 3 mln so‘m, B, C toifa uchun 3,5 mln tashlab berishi lozimligini aytgan.
So‘ng, B.Sh.ning ishonchiga kirish orqali, oldindan 3 mln so‘mni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024