Ayrim turdagi xizmatlar va tovarlar uchun to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirishni taqiqlash rejalashtirilmoqda
Joriy yilning 1 aprelidan boshlab uy-joylarni jismoniy shaxslarga sotishda naqdsiz to‘lovlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, yog‘och, shinalar va shakar ulgurji savdosini ham naqdsiz shaklga o‘tkazish taklif etilgan.
O‘zbekistonda naqd puldan foydalanishni qisqartirish va bir qator tovarlar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.Bu haqda Gazeta.uz prezidentga taqdim qilingan taqdimotga tayanib, xabar berdi.
1 apreldan boshlab quyidagi tashkilotlarni elektron to‘lov tizimlariga majburiy tartibda ulash orqali naqdsiz to‘lov-tizimiga o‘tkazish taklif etilmoqda:
- aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari;
- neft va gaz mahsulotlari realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar;
- mulkni ijaraga berish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
- uy-joylarni jismoniy shaxslarga sotuvchi qurilish tashkilotlari. Xonadonlar uchun to‘lovlarni naqdsiz shaklda elektron hisob-faktura orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda chakana va ulgurji savdoning yangi qoidalarini tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
1 apreldan boshlab naqd pulga sotib olingan tovarlarni Soliq qo‘mitasining E-Ombor (E-Aktiv) tizimi orqali kirim qilishni joriy etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, naqd pulda to‘lovlarni amalga oshirish uchun 100 million so‘m (BHMning 300 baravari) chegaraviy miqdorni belgilash rejalashtirilgan.
Qurilish uchun yog‘och, metall (tunuka, armatura, alyumin profillar), avtomobil shinalari va shakar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish ham ko‘zda tutilmoqda.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida naqd pul muomalasini qisqartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:40 / 22.12.2024
Eskrou tizimi: u joriy etilsa, mijozlar quruvchilarga aldanmaydimi?
10:11 / 18.12.2024
Uy-joy qurilishida yangi tizim joriy etilishi mumkin
17:00 / 07.12.2024
Toshkent shahri avtobuslarida naqd pul o‘rniga qanday to‘lov qilish mumkinligi tushuntirildi
17:03 / 04.12.2024