O‘zbekiston | 12:24 / 20.02.2024
2657
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tunis mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Uganda poytaxtida Bahrayn, Tunis, Saudiya Arabistoni, Ummon va Quvayt delegatsiyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: «Dunyo» AA

Ugandaning poytaxti Kampala shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammiti doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Zayoniy, Tunis tashqi ishlar vaziri Nabil Ammor, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid bin Abdulkarim al-Harijiy, Ummon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalifa bin Ali Al-Harsiy va Quvayt amirining maxsus vakili Tariq Al-Banai bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Turli daraja va shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar va tashriflar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, iqtisodiy diplomatiyani jadal ilgari surish, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Uganda poytaxtida Qo‘shilmaslik harakatining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi.

Mavzuga oid